SINOV MUDDATI BEPUL
Avtoparkni qo‘l hisobi emas, tizim boshqarsin
Reys, xarajat, daromad, hujjat va haydovchi hisobi bitta konsolda. Har bir reysning foydasi kunlik ko‘rinadi, to‘lanmagan qarz esa yo‘qolmaydi.
Boshqaruv paneli
NAMUNA · 2025 YILLIK HISOBOT
Daromad, UZS
3 217 041 646
41 reys
Xarajat, UZS
2 143 359 555
Avans xarajat emas
Sof foyda, UZS
1 073 682 091
Marja 33%
Mashinalar
5
2024–2026
Mashina bo‘yicha foyda
REF 753
9 reys · Toshkent – Piter
311,7 mln
MERS 840
9 reys · Toshkent – Moskva
262,7 mln
REF 317
8 reys · Farg‘ona – Moskva
253,7 mln
MERS 805
11 reys · Toshkent – Belarus
204,8 mln
MAN 819
4 reys · Toshkent – Moskva
40,7 mln
6
valyuta, kurs Markaziy bankdan
240
shahar va chegara punkti
2
til: o‘zbek va rus
UZ
ma‘lumot O‘zbekistondagi serverda
Qo‘l hisobi ko‘tarmaydigan yuk
Bu raqamlar o‘ylab topilgan emas — haqiqiy avtopark hisobotidan olingan. Formulalar qatorlarni tashlab ketadi, avans xarajatga qo‘shilib ketadi, to‘lanmagan reys esa ko‘rinmay qoladi.
58 000 000
Jami noto‘g‘ri chiqqan
Formula bitta mashinani ikki marta qo‘shib, boshqasini tashlab ketgan.
617 000 000
Daromadi yozilmagan reyslar
Xarajat bor, daromad yo‘q. Kim qarzdorligi hech qayerda ko‘rinmaydi.
470 000 000
Avans xarajat sifatida
Haydovchiga berilgan pul xarajatga qo‘shilib, foyda kamayib ko‘ringan.
40+
Qo‘lda yozilgan kurs
Bitta varaqda o‘nlab har xil kurs, yakunda esa boshqasi ishlatilgan.
KONSOL
Ishning o‘zi qanday ko‘rinadi
Quyidagi ekranlar — platformaning haqiqiy sahifalari: reys kartasi, foyda va zarar, hisob-kitoblar.
01Boshqaruv paneli
02Reyslar
03Hujjatlar
04Avtopark
05Xarajatlar
06Hisob-kitoblar
07Foyda va zarar
08Kompaniya
TR-1042
YO‘LDA
Toshkent → Moskva → Toshkent
Daromad
74 043 000
Xarajat
62 037 000
Foyda
12 006 000
Byudjetdan og‘ish
+957 940
Bekatlar
Toshkent
08.03 · 09:40
Yuklash
G‘ishtko‘prik
08.03 · 18:20
Bojxona
Orenburg
11.03 · 07:05
Yoqilg‘i
Moskva
14.03 · —
Tushirish
Moliyaviy natija
Borish yuki · USD
2 900
Qaytish yuki · UZS
38 000 000
Tushgan to‘lov
62 000 000
Olinishi kerak
12 043 000
Umumiy
Mashinalar
Sheriklar
Operatsion foyda
1 073 682 091
Umumiy xarajat va kredit
−771 500 000
Sof foyda
302 182 091
Mega Trans MChJ
38 000 000
Silk Road Logistics
24 480 000
Toshkent Tekstil
71 520 000
Haydovchi · Kamol R.
3 217 918
Reysdan yillik hisobotgacha — bitta joyda
01
Reyslar va bekatlar
240 shahar, chegara va bojxona bekatlari. Haydovchi belgilagan vaqtlar reys kartasida ko‘rinadi.
02
Daromad va debitorlik
Borish va qaytish yuki alohida. Qisman to‘lovlar, muddati o‘tgan qarzlar, mijozlar kesimi.
03
Xarajat va byudjet
Olti valyuta, kurs Markaziy bankdan. Marshrut byudjeti bilan reja va haqiqat yonma-yon.
04
Haydovchi hisobi
Berilgan, sarflangan va qaytarilgan pul. Reys haqi yakunlanganda avtomatik yoziladi.
05
Hujjat va ruxsatnoma
Muddati tugayotgan hujjat oldindan ogohlantiradi. TIR va DAZVOL ombori reysga bog‘lanadi.
06
Hisobotlar
Foyda va zarar, mashina bo‘yicha yillik hisobot, sheriklar taqsimoti. xlsx faylga yuklab olinadi.
Uch qadamda ishga tushadi
01
Kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazing
STIR va nomni kiriting — tasdiqlash kodi pochtangizga keladi.
02
Mashina va haydovchilarni qo‘shing
Hujjatlarini biriktiring, haydovchilarni taklifnoma bilan chaqiring.
03
Birinchi reysni yarating
Yo‘nalish, yuk va daromadni kiriting — qolganini tizim hisoblaydi.
Bugungi kun
YO‘LDA
Joriy reys
Toshkent → Moskva
Qo‘lingizdagi pul
3 217 918
UZS
Chegara to‘lovi
150 USD
Tarmoq yo‘q — 2 yozuv navbatda
Haydovchi uchun mobil ilova
Haydovchi bekatlarni belgilaydi, xarajatni chek surati bilan yuboradi, avans so‘raydi. Aloqa yo‘q joyda ham ishlaydi: yozuvlar telefonda turadi va tarmoq qaytganda o‘zi yuboriladi.
Oflayn ishlaydi
Yozuvlar navbatda turadi va tarmoq qaytganda o‘zi yuboriladi.
Chek surati
Xarajat kamera bilan tasdiqlanadi, dispetcher ko‘rib tasdiqlaydi.
Dispetcher rejimi
Reys yaratish, tayinlash va tasdiqlash telefondan ham bajariladi.
Ikki til
Butun ilova o‘zbek va rus tilida.
Sinov muddati bepul
Kompaniyangizni ro‘yxatdan o‘tkazing, mashina va haydovchilarni qo‘shing, birinchi reysni yarating. Savol bo‘lsa — yozing, ko‘rsatib beramiz.